Ilmiy konferensiya

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Matematika instituti va Mexanika-matematika fakulteti hamkorligida 2013 yil 21-23 noyabr kunlari MDH davlatlari olimlari ishtirokida “Differentsial tenglamalarning zamonaviy muammolari va ularning tadbiqlari” mavzusida ilmiy konferentsiya bo'lib o'tadi.

 

Konferentsiyada differentsial tenglamalar nazariyasi va ularning tadbiqlari bo'yicha respublikamizdagi olimlar va chet eldagi bu sohaning etuk mutaxassislari tomonidan olingan ilmiy natijalar, Respublikamizda oddiy va xususiy hosilali differentsial tenglamalar nazariyasini yanada rivojlantirish, olinayotgan ilmiy natijalarni koordinatsiyalash hamda bu nazariyadagi yangi yo'nalishlarni muhokama etish, hamda differentsial tenglamalar nazariyasining fizika, biologiya va ekologiya muammolariga tadbiqlari muhokama qilinadi. Ilmiy konferentsiya ishida O'zMU qoshidagi Matematika instituti, Mexanika-matematika fakulteti hamda respublikamizdagi oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari, yosh olimlar, tadqiqotchi-izlanuvchilar va magistrantlarining ishtiroki ko'zda tutilgan. Konferentsiya respublikamizda fanning ustivor yo'nalishlar bo'yicha ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish, ilm-fan yo'nalishida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish va iqtidorli yoshlarni sohaga jalb qilish hamda ularni sohaning etuk mutaxassislari bilan ilmiy aloqalarini yanada mustahkamlash borasida ahamiyatga egadir.

 

Konferesiya programmasini yuklab olish