GENETIKA VA SITOEMBRIOLOGIYA KAFEDRASI

Kafedra tarixi

Kafedra 1920 yili Turkiston universiteti Botanika kafedrasining Sitologiya bo’limi bo’lib tashkil etilgan. Kafedraedra mudiri prof. Baranov Pavel Aleksandrovich.

 

1925 yil O’simliklar morfologiyasi va biologiyasi kafedrasi.

 

1938 yil O’simliklar morfologiyasi va anatomiyasi kafedrasi.

 

1945 yil Darvinizm va seleksiya kafedraedraedrasi. Kafedra mudiri prof. Raykova. Ilariya Alekseevna.

 

1950 yil Darvinizm va genetika kafedrasi.

 

1961-1982 yillar Darvinizm, genetika va eksperimental morfologiyasi Kafedrasi.

 

1974 yil Kafedraedra qoshida “G’o’za xususiy genetikasi” laboratoriyasi tashkil etildi. Lab mudiri prof Musaev Jo’ra Azimbaevich.

 

1982-1988 yillari kafedra mudiri dots. Abzalov Miratxam Fuzalievich.

 

1989 yilda Genetika kafedrasi (prof J.A.Musaev) O’simliklar sitoembriologiyasi (prof. Tursunov Jo’ra Yusupovich) bilan qo’shilib “Genetika va sitoembriologiya” kafedrasi deb nomlandi. Kafedra mudiri prof J.A.Musaev.

 

1990-2011 yilga qadar Genetika va sitoembriologiya kafedrasi. Kafedra mudiri prof D.A.Musaev., dots. Saidkarimov Avitsenna To’ktamishovich.

 

2011 yil kafedra mudiri dots.Raximov Atanazar Karimovich.

 

Kafedrada ko’p yillar ishlagan professor o’qituvchilar- dotsentlar: Z.M.Pashenko, R.B.Azizov, Z.M.Murodov, Z.V.Nikolaeva, N.B.Bikov, D.M.Rustamova.

Kafedra strukturasi

Kafedra qoshida Go'za genetikasi va genetik kolleksiya ilmiy tadqiqot laboratoriyasi (1974 y) va Genetikа o'quv ilmiy markazi (1992 y) tashkil etilgan. Go'za genetik kolleksiyasi

Kafedraning hozirgi ilmiy faoliyati

Asosiy ilmiy yo’nalishlari:

  • G’o’zaning sifat va miqdoriy belgilari genetikasining fundamental muammolari;
  • G.hirsutum L. g’o’za turning izogen

Kafedraning hozirgi ilmiy faoliyati

Asosiy ilmiy yo’nalishlari:

  • G’o’zaning sifat va miqdoriy belgilari genetikasining fundamental muammolari;
  • G.hirsutum L. g’o’za turning izogen,mutant, introgressiv va sitogenetik liniyalari genetic kolleksiyasini yaratish yangilash, boyitish va o’rganish; •
  • Go’o’zaning marfogenetik,qimmatli –xo’jalik belgilari hamda adaptivligini irsiylanishi va genetic determinatsiyasining o’rganish asosida hosildorligini va tola sifatini oshirishning genetik asoslarini ishlab chiqish;
  • Kafedra qoshidagi Genetika o’quv-ilmiy markazi doirasida genetika sitoembryalogiya, molekulyar genetika, xamda klassik genetika soxalaridagiilmiy tadqiqotlar.

Latipova Elvira Azatovna

Mazkur lavozimda 2011 yilning 15 dekabrdan. Latipova E.A. 1975 yilda 5 iyunda Toshkent shaxrida to’gildi. 1998 yili Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitetining biologiya-tuproqshunoslik fakultetini “biologiya” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.

 

1999-2001 yillarda aspiranturaning kunduzgi bo’limi 03.00.05-Botanika mutaxassisligida taxsil oldi. 2005 yilda O’zRFA genetika va o’simliklar eksperemental biologiyasi institute ilmiy kengashida nomzodlik disertatsiyasini ximoya qildi.

 

1997-2009 yillarda O’zR FA Genetika va UEB institutida katta laborant, keyinchalik katta va kichik ilmiy xodim bo’lib ishladi.

 

1998-2001 yillari Toshkent avtomobil yo’llar institutining Ekalogiya kafedrasida asistent lavozimida ish faoliyatini yuritdi.

 

2008-2009 yillarida Toshkent farmoseftika institutining Botanika, fizyalogiya va mikrobiologiya kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ish yuritdi.

 

2009 yildan boshlab E.A.Latipova O’zMU Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti, genetika va sitoembryalogiya kafedrasida asistent, katta o’qituvchi lavozimida ishladi. Xozirda Genetika va sitoembryalogiya kafedrasining mudiri v.b. lavozimida faoliyat ko’rsatmoqda.

 

E.A.Latipova 20 dan ortiq ilmiy asarlar, jumladan 1 ta o’quv-uslubiy qo’llanma muallifi.

 

Genetika mutaxassisligi bo’yicha tuzilgan ishchi dasturga o’zgartirishlar kiritdi. O’quv jarayonida zamonaviy pedagogic texnalogiyalardan umumli foydalanadi.

 

2009-2011 yillarida M.Ulugbek nomidagi O’zMUning Oliy pedagogika institutida 3 ta fan –“O’qitish uslubiy va OO’YUda zamonaviy pedagogic texnalogiyalardan foydalanish”, “Biologiya fani” va Axborot kamunikatsiya texnalogiya”lari bo’yicha malaka oshirish kurslarini tamomlagan.

 

Hayvon organizmlariga ekotoksikantlarning tasirini o’rganish sohasida ilmiy ish olib bormoqda, ta’limni fan bilan integratsiyasini kengaytirmoqda.

Kafedraning Genetika bo'yicha yo'nalish va mutaxassisliklari

  1. Bakalavriatura – 5140100 - Genetka; Biologiya
  2. Magistratura - 5A140107;
  3. Aspirantura– 03.00.15.

Tayyorlangan kadrlar

Kafedra 75ta fan nomzodi, 15ta fan doktori, 2000dan ortiq botanik va genetik kadrlar tayyorlagan.

 

Nom chiqargan bitiruvchilar:

  • S.X.Yo'ldoshev - RQFA akademigi O'zQXFA prezidenti;
  • A.A.Abdullayev -. O'zFA akademigi va presidium a'zosi Genetika va O'EB instituti laboratoriya mudiri;
  • O.J,Jalilov-. O'zFA akademigi, Genetika va O'EB instituti laboratoriya mudiri ;
  • M.F.Abzalov - Genetika va O'EB instituti laboratoriya mudiri, Nyu-York FA akademigi;
  • Raviprakash Dani - Hindiston FA akademigi, AQSH Genetika instituti laboratoriya mudiri;
  • A.S.Sultonov - QFA akademigi, Qozog'iston Ekologiya va eksperimental biologiya instituti rektori;
  • A.M.Turayev – Vena universiteti professori (Avstriya)
  • Vlasova N.A.- O'zFA akademigi.

Илмий тадқиқотлар асосан

  • ОТ-Ф3-148 фундаментал лойиха;
  • ИТД-9-014 ва А-10-Т094 амалий лойихалари;
  • К-10-012 ҳамкорлик амалий лойиха;
  • Ўзбекистон ноёб илмий объекти “Ғўза генетик коллекцияси”

грантлари бўйича олиб борилмоқда.

AKADEMIK J.A.MUSAYEVNING HAYOTI, ILMIY –PEDAGOGIK FAOLIYATI

Jo’ra Musayev 1928 yilning 5 dekabrida Toshkent viloyati Yangiyo’l shahrida tavallud topdi. 1948 yilda O’rta Osiyo davlat Universiteti biologiya tuproqshunoslik fakultetini tugatdi. 1954 yilda nomzodlik, 1973 yilda doktorlik dissertatsiyasini ximoya qildi. 1975 yilda professor, 1980 yilda “O’zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni berildi. 1984 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Akademigi etib saylandi.

 

Mexnat faoliyati 1952 yildan O’zbekiston Milliy Universitetida boshlandi. U 1952 yilda assistant, 1956 yilda dotsent.

 

1975 yilda Jo’ra Azimbaevich Milliy Universitetni Darvinizim, genetika va eksperimental kafedrasining professori. 1982 yilda O’zbekiston FA O’simliklar eksperimental biologiyasi institutining derektori lavozimiga tayinlandi. 1984-1985 yillarda Akademiya Prezidiyumning biologiya bo’limi akademik-sekretari, 1985-1988 yillarida Akademiya Prezidiyumining Bosh ilmiy kotibi, 1989-1991 yillarda o’zining tashabbusi bo’yicha tashkil qilingan genetika va O’EBSI institutida labaratoriya mudiri, 1992 yilda O’zbekiston Milliy Universitetining Genetika va sitoembryalogiya kafedrasi mudiri, 1974 yilda O’zi tashkil etgan G’o’za genetikasi va genkolleksiyasi loboratoriyasi mudiri vazifalarini bajarib kelmoqda.

 

Akademik J.A.Musayev xozirgi vaqtda g’o’za genetikasi bo’yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni davom ettirmoqdalar va xozirgi zamon talabiga javob beradigan yuqori mutahassislarni tayyorlashga katta hissa qo’shib kelmoqdalar.

 

Olim “Buyuk xizmatlari uchun” (2003), “El-yurt hurmati” (1998), “Xalqlar do’stligi” (1981), orderlari bilan, qator medallar, jumladan “Mustaqillik” (1992), “Yuksak hizmatlari uchun” (1991). “Birinchi darajali Davlat mukofoti” (2011) bilan taqdirlanganlar.