BOTANIKA VA O'SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI KAFЕDRASI

Botanika va o'simliklar fiziologiyasi kafedrasi 2005 yilda O'simliklar fiziologiyasi kafedrasi va Botanika o'quv-ilmiy markazining qo'shilishidan tashkil topgan. Hozirgi kunda unga biologiya fanlari doktori Yuldashev Akramjon Sultanmuradovich rahbarlik qilib kelmoqda.

 

Botanika o'quv-ilmiy markazi 1924 yilda tashkil topgan Yuksak o'simliklar kafedrasi asosida 1995 yilda tashkil qilingan. Yuksak o'simliklar kafedrasining asoschisi va birinchi rahbari professor Mixail Grigoryevich Popov bo'lgan. U kafedraga 1924-1926 yillarda mudirlik qilgan. Keyinchalik kafedraga biologiya fanlari doktori, professor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, O'zR FA akademigi Еvgeniy Petrovich Korovin (1926-1961), biologiya fanlari doktori, professor O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, O'zR FA muxbir-a'zosi, Ippolit Ivanovich Granitov (1961-1980), biologiya fanlari nomzodi, professor Hoshim Melievich Ahunov (1980-1995), biologiya fanlari doktori, professor, O'zbekiston Respublikasi fan arbobi O'ktam Pratovich Pratov (1995-2005) rahbarlik qilishgan.

 

O'simliklar fiziologiyasi kafedrasi 1920 yilda tashkil topgan. Kafedraning asoschisi va unga ko'p yillar (1920-1930, 1941-1945) rahbarlik qilgan professor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi Andrey Vasilyevich Blagoveshenskiydir. Blagoveshenskiy Andrey Vasilyevich 1921 yilda Turkistonda Botaniklar jamiyatini tashkil qilishda faol ishtirok etgan va unga 1921-1930 va 1941-1945 yillar rahbarlik qilgan. Keyinchalik o'simliklar fiziologiyasi kafedrasiga dotsent N.D.Leonov (1945-1948), dotsent P.G.Marsakova (1948-1949), biologiya fanlari nomzodi, dotsent Nikolay Antonovich Todorov (1949-1973), biologiya fanlari doktori, professor, O'zR FA akademigi Akmaljon Qosimovich Qosimov (1973-1976), biologiya fanlari nomzodi, dotsent Yuldosh Ahmedovich Ahmedov (1976-1988), biologiya fanlari doktori, professor Karimjon Safarovich Safarov (1988-1997), biologiya fanlari nomzodi, dotsent Damir Komilovich Asomov (1998-2005) rahbarlik qilganlar.

 

Kafedraning ilmiy izlanishlari asosan “G`o'zaning fiziologik va biokimyoviy jarayonlariga sho'rlanishning ta'sirini o'rganish” hamda “O'zbekiston o'simliklar qoplami va noan'anaviy o'simliklarni o'rganish” masalalariga qaratilgan.

 

Kafedrani bitirgan yetuk olimlar:

  • akademik A.I.Imomaliev-Toshkent q/x instituti rektori, O'zPITI direktori, O'zbekiston q/x akademiyasining prezidenti.
  • akademik A.Q.Qosimov-AnDU rektori, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi raisi muovini.
  • akademik N.N.Nazirov-bir qancha g`o'za navlarini yaratgan etuk olim.
  • akademik J.K.Saidov-O'zR FA Botanika instituti direktori.
  • akademik P.Q.Zokirov-O'zR FA Botanika bog`i direktori.
  • akademik I.I.Granitov-O'zMU Yuksak o'simliklar kafedrasi mudiri.
  • professor U.P.Pratov-O'zbekiston fan arbobi, O'zR FA Botanika IIChM markaziy gerbariysi asoschisi.

Kafedra professor-o`qituvchilari hamda xodimlari tarkibi:

  • b.f.d. Yuldashev Akramjon Sultanmuradovich
  • b.f.d., professor Beknazarov Begali Ochilovich
  • b.f.n, dotsent Asomov Damir Komilovich
  • b.f.n, dotsent v.b. Xudoyberganov Xudoybergan Muxiddinovich
  • b.f.n, dotsent Safarov Alisher Karimjonovich
  • q/x.f.n, dotsent v.b. Matkarimova Anorjon Abdukarimovna
  • b.f.n, dotsent v.b. Maxmudova Mamlakat Mirganiyevna
  • katta o`qituvchi Tursunova Shoxista Abdupattaxovna
  • katta o`qituvchi Azizov Xamid Yarashevich

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitetining Botanika va o’simliklar fiziologiyasi kafedrasining mudiri Yuldashev Akramjon Sultanmuradovichning o’quv va ilmiy faoliyati

 

O’zbekiston Milliy Universitetida o’qituvchi sifatida 2008 yildan buyon ishlaydi (oldin Samarqand davlat universitetida va Toshkentdagi O’zR FA “Botanika” IICHMda ishlagan). Botanika va o’simliklar fiziologiyasi kafedrasi mudiri lavozimida 2011 yilning 28 dekabridan boshlab ishlab kelmoqda.

 

Biologiya fanlari doktori (2001).

 

130 dan ortiq ilmiy va o’quv-metodik qo’llanmalarning, shu jumladan 3 ta darslik, 2 ta monografiya va 12 tadan ortiq o’quv-metodik qo’llanmalarning muallifi.

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi OAK ekspert kengashi a’zosi sifatida biologiya fanlari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va baholash, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish borasida ish olib bormoqda.

 

Ixtisoslashgan kengashlar va oliy ta’lim muassasalarining faoliyat turlarini reglamentlovchi 10 dan ortiq me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda va takomillashtirishda ishtirok etgan.

 

Davlat ilmiy va texnik dasturlarining ustivor yo’nalishlari bo’yicha respublikada geobotanika, fitosenologiya va resursshunoslikka doir tadqiqotlarni takomillashtirishga bag’ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda.

 

Uning rahbarligi ostida 2 ta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilingan va yana 2 ta ish himoyaga tayyorlangan.

 

Uning rahbarligi ostida O’zbekiston Respublikasi o’simliklarining noyob va yo’qolib borayotgan turlari va O’zbekiston Respublikasi FA Markaziy gerbariysi bo’yicha multimediya mahsuloti tayyorlangan.

 

Uning tomonidan respublikaning tabiiy landshaftlariga oid bir qancha atlaslar va ilmiy-ommabop kitoblar, hamda botanikaga doir 1ta darslik tayyorlanib, nashriyotga topshirilgan.

 

Rossiya (Sankt-Peterburg universiteti, Ufa davlat universiteti), Chexiya (Chexiya Respublikasi FA botanika instituti), Polsha (Opol universiteti, Polsha Respublikasi FA botanika instituti) olimlari bilan mustahkam ilmiy aloqalarga ega.