Biofizika Kafedrasi

Biofizika kafedrasi 1979 yil Õz.R FA akademigi B.A.Tashmuhamedov tomonidan tashkil etilgan bõlib, kafedrada oli ma'lumotli biofizika va bioinformatika mutahassislari tayyorlanadi.

 

Kafedraga biologiya fanlari nomzodi, docent Levickaya Yuliya Vladimirovna rahbarlik qiladi. Shahar telefoni: 246-88-82. E-mail: kipariss@mail.ru

 

Biofizika kafedrasi mudiri: Levitskaya Yuliya Vladimirovna

  • 1974 yil Toshkent shahri, ishchi oilasida tuğildi
  • 1992 y. - I Toshkent tibbiet instituti MITL laborant lavozimida
  • 1997 y. - ToshDU biologiya-tuproqshunoslik fakul'tetini tugatdi va ToshDU aspiranturasining kunduzgi bõlimiga õqishga kirdi
  • 2001 y. - «Vliyanie vitamina B12 na kal'cievyi gomeostaz i energeticheskii status zhivotnyh kletok» mavzusida nomzodlik dissertaciyasini himoya qildi.
  • 2004 y.- ÕzMU biofizika kafedrasining assistent lavozimiga tanlovdan õtdi.
  • 2005 y. - ÕzMU biofizika kafedrasining docent v.b. lavozimiga tanlovdan õtdi.
  • 2006 y. - (Pol'sha) Lodz' shahri Universitetiga ilmiy stazhirovkada bõlib qaitdi.
  • 2008 y. (Rossiya) Moskva shahridagi RTFA dagi Kol'cova nomidagi Rivozhlanish biologiyasi ITI da ilmiy stazhirovkada bõlib qaitdi.
  • 2009 y.- ÕzMU biologiya-tuproqshunoslik fakul'teti biofizika kafedrasi mudirligi vazifasini vaqtincha bazharuvchi lavozimiga tanlovdan õtdi, hozirga qadar kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.

 Kafedra hodimlari:

  • Tashmuhamedov Bekzhan Aybekovich - biologiya fanlari doktori, professor,ÕzFA akademigi.
  • Mirhodzhaev Ulugbek Zakirovich - biologiya fanlari doktori, professor.
  • Sabirov Ravshan Zairovich - biologiya fanlari doktori, professor.
  • Radzhabova Gul'bahor Ğulomovna - biologiya fanlari nomzodi, docent v.b.
  • Umarova Fatima Tadjibaevna - katta õqituvchi
  • Tonkih Anatoliy Konstantinovich - biologiya fanlari nomzodi, etakchi ilmiy hodim, “Membranalar biofizikasi” ilmiy tadqiqot laboratoriyasi rahbari.
  • Toyirov Uktam Bozorkulovich - õqituvchi
  • Charyshnikova Oksana Stanislavovna - õqituvchi
  • Kurbannazarova Ra'nohon Sharapovna - biologiya fanlari nomzodi, katta õqituvchi.
  • Tsiferova Nargiza Aleksandrovna - õqituvchi

BIOFIZIKANING ASOSIY ILMIY YÕNALISHLARI QUYIDAGILARDAN IBORAT:

  • biologik membranalarda ionlar transportini tadqiqot qilish;
  • fiziologik faol birikmalarning huzhayra ichidagi mehanizmlarini õrganish;
  • turli patologik holatlarda lipidlarning perekisli oksidlanishi va fosfolipaza faolligini õzaro boğliqligini õrganish;
  • tabiiy va sintetik biologik faol modellarning õsishi va rivozhlanish ta'sir me-hanizmini õrganish;
  • huzhayraning energetik darazhasini (status) normada va patologiyada kõrib chiqish;
  • õsimlik va mikroorganizmlarda qisqa tõlqinli elektromagnit maidonlari boshqarlishining ta'sir mehanizmini õganib, olingan ma'lumotlar asosida õsimliklarning mah suldorligini kõtarish va mikrobiologik jarayonlarni faolligini oshirish uchun mukammal tehnologiyalarni yaratish.

ILMIY YUTUQLAR, KASHFIYOTLAR VA YIRIK ILMIY MA'LUMOTLAR:

  • ğõzaning elektrodefoliaciya uslubi ishlab chiqildi va unga patent olindi;
  • elektromagnit impul'slar generatori ishlab chiqildi va uni mikroorganizmlarni (Thiobacilluss ferrooxidans) mahsuldorligini oshirish maqsadida amalietda qõllash uslubi ishlab chiqildi. (Olmaliq va Navoiy toğ metallurgiya kombinatlarining chiqindilaridan qimmatbah o metallarni ajratib olishda (Thiobacilluss ferrooxidans) mikroorganizmlardan foidalaniladi). Past unumdorlikka ega bõlgan uruğlarni kafedrada ishlab chiqarilgan elektromagnit impul'slar generatori yordamida unumdorligi 30% oshirildi.
  • suvda eruvchan yangi antioksidant-rometin yaratildi va patent olindi.
  • õsimlik terpenoidlari va kraun-efirlar sinfidan yangi ionoforlar yaratildi.
  • bir qator faol biologik moddalar: tiroksin, vitamin V12, , glicirrizin kislota, gossipol hosilalari, ba'zi metalloorganik kompleks birikmalarning ta'sir mehanizmini yangi biofizikaviy hususiyatlari qayd etildi. Bu esa ushbu vositalarni tibbiyotda qõllanish qõlamini kengaitiradi va ishemik, onkologik hamda boshqa kasalliklarni davolashda yangi asbob-uskunalar yaratishga asos bõladi. Õsimliklarni õsish va rivozhlanishini oshiruvchi stimulyatorlari sifatida ishlatiladigan ba'zi biologik faol birikmalardan foydalanish imkoniyati tuğildi.

BIOFIZIKA KAFEDRASIDA QU'IDAGI ILMIY YÕNALISHLAR BÕYICHA MALAKALI MUTAHASSISLAR TAYYORLANADI

 

BAKALAVRIAT

  • 420100 - Biologiya
  • 420600 - Biofizika

MAGISTRATURA

  • 5A420109 - Bioinformatika
  • 5A 420105 - Biofizika

ASPIRANTURA VA DOKTORANTURA

  • 03.00.02 - Biofizika

ÕZBEKISTON BIOFIZIKA MAKTABI

 

Biofizika - biologik zharayon va hodisalarning fizikaviy va fizik-kimeviy qonuniyatlari haqidagi mustaqil fan bõlishi bilan birga biologiya, nazariy va amaliy meditsina, qishloq hõjaligi fanlarining rivozhlanishi uchun zarur bõlgan õta muhim yordamchi fan hamdir. Bu fan Õzbekistonda nisbatan yosh, uning shakillanib rivozhlanishi bevosita biologiya fakul'tetida ilk bor 1962 yilda taniqli olim Elqin Holmatovich Tõraqulov tomonidan biokimyo va biofizika kafedrasi, tashkil etilishi va unda 1963 yildan ish boshlanib keyinroq Õzbekiston biofizika ilmiy maktabiga asos solgan akademik olim aynan shu kafedrada Bekjon Oibekovich Toshmuhamedov bilan boğliq bõldi. 1979 yilda Biokimyo va biofizika kafedrasi ikkita mustaqil Biokime hamda Biofizika va atrof muhitni muhofaza qilish kafedralariga bõlindi. 1988 yilda esa biofizika va atrof muhitni muhofaza qilish kafedrasi - biofizika kafedrasi deb qayta nomlandi.

 

Bu kafedrani 1979 yildan 1986 yilgacha ÕzR FAning akademigi B.O. Toshmuhamedov boshqardi. Bu utgan davrda biofizika ilmiy maktabi tula shakllanib keng rivojlandi va bundan sung u BO Muhamedov ÕzSSR FA Biohimiya institutida bulim mudiri (1977-1985) ÕzSSR FA fiziologiya instituti direktori (1985-1992) bulib ishlashi munosabati bilan nafakat Uzbekitonda balki dunyo buylab e'tirof etildi va tarakkiy etdi Bu dune mikiesida tanilgan ilmiy maktabning tamal toshi bulgan ÕzMU biofizika kafedrasi Toshmuhamedovning shogirdlari professor Al'bert Ivanovich Gagel'gans (1985-2001) professor Mariya Vsevolodovna Zamaraeva (2001-2005) 2005 yildan boshlab esa biologiya fanlari doktori Ravshan Zoirovich Sabirov tomonidan boshkarib kelinmokda. Hozirgi paytda ushbu kafedrada ijodiy- tarbiyaviy faoliyat yuritib kelayotgan kuyidagi olim va pedagoglar biofizika ilmiy maktabi rivozhlanishi va shu sohada yukori mutahassislarni tarbiyalashda behad katta hissa qõshishmokda M.M. Rahimov, A.I Gagel'gans ,U.Z.Mirhodzhaev , M.B. Zamaraeva, R.Z Sabirov, Z.Z. Gizatulina, biologiya fanlari nomzodlari M.M.Qosimov, K.A. Sodiqova, A.K.Tonkih, Yu.Lukin, B.K. Boldirev, O.H.Vagina, N. Gordienko, O.A.Mareninova, Z.Nasimova, E.T. Tohtaeva, O. Sukocheva, Z. Orinbaeva, A.Yu.Abramov, A.Ch.Abdurashitova , Z.A.Mamatova, S.A. Asyamova, A.Ch. Abdirova, Yu. Timusheva, G.L.Saifullina, O.A. Beskina, O.V.Yarishkin, M.V.Tarinova, V.S.Kamburova, M.V.Ionov, Yu.V. Levitskaya, R.Sh.Qurbannazarova, S.V.Luk'yanova, katta õqituvchilar F.T.Umarova va H.F.Abdullaev.

 

Biofizika ilmiy maktabi paido bulganidan boshlaboq, u nafaqat Universitetda, balki Õzbekiston Fanlar Akademiyasida ham nihoyatda keng kõlamda fundamental tadqiqotlar olib borilishiga turtki bõldi. Darhaqiqat, 1965 yilda B.O. Toshmuhamedov Õzbekiston Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi institutida biofizika laboratoriyasini tashkil etdi va uni 1965-1977 yillar davomida boshqardi. 1977 yilda ushbu laboratoriya bazasida Biohimiya instituti qoshida Biofizika bõlimi tashkil etilib, unga ham 1985 yilgacha olimning uzi rahbarlik qildi. Ushbu bõlim tarkibida hujayra biofizkasi (prof. Tashmuhamedov B.O.), molekulyar biofizika (prof. Bekmuhametova Z.U.) va membranalar biofizikasi (prof. Gagenl'gans A.I.) laboratoriyalari bõlib, ularda biologik fizika, elektrofiziologiya, molekulyar biofizika va biokimyoning fiziologik yõnalishlari bõyicha keng kõlamda tadqiqotlar olib borilgan Keyinchalik bu laboratoriyalar ÕzFAning Fiziologiya va biofizika instituti tarkibiga kiritilib, 1985-1992 yillarda unga B.O. Tashmuhamedov boshchilik qildi. Ushbu institutning direktori - B.O.Tashmuhamedovning shogirdi, professor Põlat Bekmurodovich Usmanovdir. Biofizika bõlimi hamda Fiziologiya va biofizika instituti yuqori malakali mutahassis olimlar, ya'ni biofizika sohasida fan nomzodlari va fan doktorlarini tayyorlashda nihoyatda muhim ishlarni amalga oshirdi va oshirmokda. Masalan, olamga tanilgan mashhur olimlar - biologiya fanlari doktorlari Z.U.Bekmuhametova, A.K.Qosimov, A.I.Gagel'gans, P.B.Usmonov, N.M.Mirsalihova, M.H. Gainutdinov, M.U. Tõychiboev, R.N.Ahmerov, O.V.Krasil'nikov, R.Z.Sabirov, D.Kalikulov, E.M.Mahmudova, I.G.Ahmedzhanov, B.U.Otaqõziev, M.I.Asrorov, Z.Z. Gizzatulina etishib chiqdilar. Milliy universtitetning tayanch ilmiy muassasalar bilan aloqasini mustahkamlash maqsadida 1988 yilda ÕzFAning Fiziologiya va biofizika instituti qoshida Biofizika kaferasining filiali tashkil etildi. Unda Universitetimizning bakalavriat, magistrant va aspirantlari zamonaviy biofizikaning asosiy yutuklarini õrganadi va õz ilmiy ishlari ustida izlanishlar olib boradilar.

 

Universitet biofizika ilmiy maktabi ÕzFAning boshka institutlarida ham uz rivojini topdi va topmokda. Masalan, akademik T.F. Oripov rahbarlik qilayotgan Bioorganik kimyo institutining biofiziklari guruhini haqli ravishda ushbu maktabda tarbiya topgan olim va mutahassislar tashkil etadi. Professor B.A.Salahutdinov va qator iqtidorli olimlar - M.V. Ionov, R. Ziyatdinova, P.G. Kasimbetovlar shular zhumlasidandir. Biofizika maktabining boshka vakillari Biohimiya institutida (L.Ya.Yukel'son, E.E.Gussakovskiy, A.V.Shkinev va boshqalar), Zoologiya va parazitologiya institutida ham (R.N.Ahmerov, I.Kazakov ,Sh.R.Madierov ) õz tadqiqotlari bilan mashhur bulib, biofizika hamda u bilan boglik ishlarning rivojiga katta hisa kushmokdalar.

 

Akademik B.O.Toshmuhamedovning biofizika ilmiy maktabi dunyo miqiyosida taraqkii etmokda. Hozir bu ilmiy maktab vakillari dunyodagi kõpgina kõzga kuringan ilmiy markazlarda faol izhodiy-pedagogik mehnat qilmoqdalar. Masalan, Los-Anzhelesning Kaliforniya universitetida Vagina O.N., Mareninova O.A., Azimov R.R., Azimova R.K., Yoqubov I. lardan iborat olimlar guruhini, Birmingemning Alabama Universitetidagi Ismoilov I.I., Berdiev B., Kalikulov D.larni, Yaponiya Milliy Fiziologiya institutidagi Sabirov R.Z., Abdullaev I.F., Tõychiev A.H.larni, Braziliyadagi Resifi Universitetidagi Krasil'nikov O.V., Yõldosheva L.N., Merzlyak P.G.larni; Bryussel Universitetidagi Shlenskiy V.G.ni, London Qirollik kollejidagi Abramov A.ni, Pol'shaning Belostok Unversitetidagi Zamaraeva M.V.ni, Pushinodagi RF FAsining Biofizika institutidagi Ternovskiy V.I. va boshqalarni ta'kidlab õtish lozim.

 

B.O. Toshmuhamedov 1935 yil 27 yanvarda Toshkentda mashhur õzbek yozuvchisi Muso Toshmuhammad ugli Oybek oilasida tavallud topgan. U 1958 yilda Moskva Davlat Universitetining biologiya fakul'tetini tugatib, shu ering õzida odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasining aspiranturasida õqidi. 1962 yilda mashhur fiziolog olim H.S. Koshtoyanc rahbarligida “K sravnitel'noi fiziologii i neirofarmakologii receptorov rastyazheniya chlenistonogih (rakoobraznih i nasekomih)” mavzusida nomzodlik dissertaciyasini yoqladi. Keyinchalik u qõzğaluvchan membranalarga doir tadqiqotlarini davom ettirdi va bunda fiziologiya va biozifika metodlaridan keng foydalandi. U õz shogird va hodimlari bilan birgalikda nerv hujairalaridagi Na,K-ATFazaning funktsional geterogenligini aniqladi va buyraklardagi ionlar tashilishini gormonal boshqarilishi shemasini ishlab chikdi. (1968 i.). Shu bilan birga u mitohondriyalardagi va sarkoplazmatik retikulumdagi kal'tsiy ionlarining tashilishiga boğliq bõlgan hujayra bioenergetikasi yillardagi tadqiqot ishlari ustida tadqiqotlar olib bordi.Buning natijasi uning “Aktivniy transport ionov cherez biologicheskie membrani” nomli doktorlik dissertaciyasini 1971 yili aprelda SSSR FAning Biofizika instituti (Moskva)da himoya kildi.

 

Doktorlik dissertaciyasi himoyasidan keyin B.O. Toshmuhamedov membranalar faoliyatining fiziologik boshqarilishini õrganish bõyicha olib borilayotgan tadqiqotlarga boshchilik qiladi va turli hil fiziologik aktiv moddalar (gormonlar, yurak glikozidlari, zoo- va fitotoksinlar, pestitsidlar, hashorotlar feromonlari, membrana aktiv kompleksonlar va boshqalar)ning membranalarga va mahsus membrana hosilalariga ta'sir qilish mehanizmini õrganadi. “Nerv impul'si” va “Ion kanali” deb nomlangan butunittifoq programmalarini bajarish jarayonida u hodimlari bilan birgalikda modifikator-toksinlar va kanaloformer-toksinlarni klassifikatsiyaladi, membranalarning lipid asosiga ta'sir etuvchi, hamda qõzğaluvchi membranalarning natriy va kal'tsiy kanallariga ta'sir qiluvchi bir qator zaharlarni aniqladi. B.O. Toshmuhamedov rahbarligida õrgimchak neytrotoksinlarining yangi sinfi kashf qilindi, va ular umurtqalilar, qisqichbaqasimonlar va hashorotlardagi glutamatergik sinapslarining postsinaptik membranasiga specifik va qaitmas tarzda ta'sir etishini aniqladi. Ushbu zahar (toksin)lar yordamida kalamushlar miyasi, qisqichbaqa bilan chigirtka nerv-muskul sinapslarida mavjud glutamat retseptorlarini ajratish va rekonstrukciya qilishga erishildi. Shuningdek, stafilokokklar, vabo vibrioni, tsereus batsillasi va shular kabi yuqori patogen bakterilar zahari orasidan ham yangi kanal hosil qiluvchi oqsillar topildi.

 

1985 yilda neyrotoksinlarning ta'sir mehanizmini õrganishga doir ishlari va kashfiyotlari uchun B.O. Toshmuhamedov SSSR Davlat mukofoti laureati, 1989 yilda esa Beruniy nomidagi ÕzSSR Davlat mukofoti laureati unvonlariga sazovor bõldi.

 

B.O. Toshmuhamedov va u yaratgan ilmiy maktab tomonidan olib borilgan tadqiqotlar faqat bizning mamlakatda emas, balki kõp horijiy davlatlar ilmiy jamoatchiligi tomonidan ham yuqori e'tirof etildi. U turli halqaro kongresslar va simpoziumlarda lekciyalar õqish va dokladlar qilish uchun bir necha bor taklif etildi (jumladan, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Shveciya, Frantsiya, Shveitsariya, Peru, Daniya, Singapur) va dunyodagi turli laboratoriyalarda (Berlindagi Gumbol't Universitetida, 1975; AQShdagi Merileid universitetida, 1978; Perudagi Sovet-Peru biologiya stantsiyasida, 1988; Buyuk Britaniyadagi Kembridj universitetida, 1989; Yaponiyadagi Okazaki Milliy fiziologiya institutida 2001, 2003) eksperimental fiziologiya va biofizika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib bordi.

 

Bekzhon Oibekovich Toshmuhamedov hozir ham kuch va ğayratga tõlgan, yuqori eruditsiyaga ega, printsipial va iqtidorli tadqiqotchi olim. Ular bilimdon tashkilotchi va ilmni ommalashtiruvchi serharakat fan arbobi bõlib, Õzbekiston biofizik va fiziolog olimlariga etakchilik qilib kelayaptilar va sahiylik bilan õz bilim va tajribalarini shogirdlariga uzatib kelmoqdalar.

 

KEYINGI YILLAR ICHIDA KAFEDRADA KUYIDAGI ILMIY LOYIHALAR USTIDA ILMIY TADQIQOT ISHLARI OLIB BORILDI

  • «Ayrim astrofizikaviy faktorlar bilan õsimliklar bioritmlarini õrganish », loyiha rahbari b.f.n. Tonkih A.K.
  • «Õsimliklarda fitohrom- i auksin-indutsirlangan reaktsiyalarining õzaro boğliqligini õrganish », loyiha rahbari akad. Tashmuhamedov B.A.
  • «Kal'tsiy gomeostazi regulyatsiyasi va haivon hujayrasining energetik statusi membranaviy mehanizmlarini tadqiq etish », loyiha rahbari prof. Zamaraeva M.V.
  • «Indutsirlangan yangi kraun-efir hosilalarining transmembranaviy ion tashilish mehanizmlarini õrganish », loyiha rahbari k.i.h. Yaryshkin O.V.
  • Europe and Switzerland SCOPES - Scientific Co-operation between Eastern dasturi bõyicha «Molecular mechanism of Cyclosporin A-induced vasoconstruction and blood pressure increase» loyihasi.
  • «Nanoskopik poralarning sun'iy va biologik membranalarda shakllanish printsiplari, tuzilishi va boshqarilish ishini tadqiq qilish » , loyiha rahbari b.f.d. Sabirov R.Z.
  • “Kõkrak bezlari saratoni hujayrasida maksianion kanallarining boshqarilish mehanizmini õrganish” , loyiha rahbari i.h. Toychiev A.H.
  • SCOPES dasturi bõyicha «Calcium disregulation as trigger of apoptosis in muscular dystrophy».
  • NATO dasturi bõyicha «Prion proteins and Alzheimers`s Peptides: Molecular Studies».

Toshmuhamedov Bekzhon Oybekovich Akademik,biologiya fanlari doktori

Biofizika maktabining asoschisi, SSSR Davlat mukofotining laureati, Beruniy nomidagi ÕzR Davlat mukofotining sovrindori

  • 1953 y.-1958 y. M.V. Lomonosov nomli MDU fizika fakul'teti talabasi.
  • 1958 y.-1962y. MDU biologiya f-ti aspiranti.
  • 1962 y.-1963 y. ToshDU Biohimiya va biofizika fakul'teti kichik ilmiy shodimi.
  • 1963 y.-1972 y. ToshDU Biohimiya va biofizika fakul'teti dotsenti.
  • 1965 y.-1972 y. ÕzSSR FA Biohimiya instituti biofizika laboratoriyasi mudiri
  • 1972 y.-1980 y. ToshDU Biohimiya va biofizika fakul'teti professori.
  • 1977 y.-1985 y. ÕzSSR FA Biohimiya instituti biofizika bulimi mudiri
  • 1979 y.-1986 y. ToshDU Biohimiya va biofizika kafedra mudiri
  • 1985 y.-1992 y. ÕzSSR FA Fiziologiya instituti direktori
  • 1992 y.-1995 y. UzR OAK raisi
  • 1995 y.-1999 y. ÕzSSR FA Biologiya fanlari bulimi raisi
  • 1999 y.- hozir vaqtgacha MAV YuNESKO komitet raisi
  • 1999 y.- hozir vaqtgacha UzR FA Fiziologiya va biofizika in-ti Membranalar biofizikasi laboratoriyasining mudiri

Biofizika maktabining asoschisi, SSSR Davlat mukofotining laureati, Beruniy nomidagi ÕzR Davlat mukofotining sovrindori

 

B.O.Toshmuhamedov hozirgi kunda ham ilmiy - pedagogik faoliyat bilan bir katorda, Respublikada yuzaga kelgan ekologik vaziyatga oid masalalar bilan shugullanmokda. U, Uzbekiston Respublikasi «Tabiat muhofazasi kumitasi koshidagi ekologiya» kengashining raisi hamda YuNESKO «Odam va biosfera» Milliy kumitasining a'zosidir.

 

Mirhodjaev Ulugbek Zakirovich biologiya fanlari doktori, professor

  • 1981 - nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
  • 1993 - doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
  • 2000 - ÕzMU fondi rahbari.
  • 2003 - Pol'sha, Gdan'sk halkaro simpozium ishtirokchisi
  • 2004 - Avstraliya, Kairns halkaro simpozium ishtirokchisi
  • 2007 - Pol'sha, Varshava halkaro simpozium ishtirokchisi
  • 2007-2011 - halkaro va ilmiy loyihalar ishlarida ish'tirok etadi.

Umumiy ilmiy ishlari soni - 120, shundan 2-tasi monografiya, 2-tasi darslik va õquv-uslubiy qõllanmalar.

 

Sobirov Ravshan Zoirovich professor, biologiya fanlari doktori

 

  • 1980 y..-1985 y. Toshkent davlat universitet kimyo fakul'tet talabasi.
  • 1980 -1981: Õz FA biorganik kimyo instituti katta laboranti
  • 1981 -1982: Õz FA biorganik kimyo instituti stajyor-tadkikotchi
  • 1982 -1985: Õz FA bioorganik kimyo instituti kunduzgi bulim aspiranti
  • 1985 - 1986: Õz FA fiziologiya instituti laboratoriya muhandisi
  • 1986 - 1987: Õz FA fiziologiya instituti laboratoriyakichik ilmiy hodimi
  • 1987 - 1993: Õz FA fiziologiya instituti laboratoriya katta ilmiy hodim
  • 1993-1996: Õz FA fiziologiya va biofizika institutining fan buyicha direktor muovini
  • 1996 -2000: Õz FA fiziologiya instituti laboratoriya mudiri
  • 2000 -2003: Õz FA molekulyar fiziologiya instituti laboratoriya etakchi ilmiy hodimi
  • 2003 - 2005: Õz FA molekulyar fiziologiya instituti laboratoriya mudiri
  • 2005 -2009: ÕzMU biologiya-tuproqshunoslik fakul'teti biofizika kafedrasi mudiri 2009-hozirgacha Õz FA molekulyar fiziologiya instituti laboratoriya mudiri

Sobirov Ravshan Zoirovich hozirgi kunda ham ilmiy - pedagogik faoliyat bilan bir katorda, ilmiy fundamental grantda rahbar, etakchi ilmiy hodim, zamonaviy biofizikaning asosiy usullarini õrganish, õz ilmiy ishlari ustida izlanishlar olib bormoqdalar.