Biologiya-Tuproqshunoslik Fakulteti saytiga xush kelibsiz

 

Biologiya-tuproqshunoslik fakul'teti alohida fakultet sifatida fizika-matematika bo’limida 1931 yilda ajralib chiqqan.

 

Fakultet "Biologiya", "Ekologiya", "Bioinformatika", "Tuproqshunoslik", "Genetika", "Biokimiyo", "Biofizika", "Ixtiologiya" yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar; 16ta mutaxassislik bo’yicha magistrantlar, 7 ta mutaxassislik bo’yicha aspirantlar va 2 ta mutaxassislik bo’yicha doktorantlar tayyorlaydi. Xozirgi vaqtda bu yerda 830 ta bakalavr, 150 ta magistr, 18 ta aspirant va 2 ta doktarant ta'lim olmoqda.

 

Fakul'tetdagi zoologiya, botanika, o’simliklar fiziologiyasi, genetika va tsitoembriologiya, biokimyo, biofizika, odam va hayvonlar fiziologiyasi, mikrobiologiya va biotexnologiya, ekologiya, tuproqshunoslik va agrokimyo kafedralarida yuqori malakaga ega bo’lgan professor- o’qituvchilar faoliyat yuritib ularning orasida 3 ta akademik, 24 ta fan doktorlari, professorlar, 51 ta fan nomzodlari, dotsentlar 17 ta katta o’qituvchilar va assistentlar mavjuddir.

 

Fakultet qoshida Internet tarmog’iga ulangan resurs markazi, 60 000 ta kitob fondiga ega kutubxona, zoologiya muzeyi, ornitologik va g’o’za genetik kolleksiyalari mavjud. Fakultet professor - o’qituvchilari tomonidan ЎzRFA ITI lari, viloyat universitetlari, shuningdek chet eldagi yirik yetakchi ilmiy markazlar va talim muassasalari bilan zich hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.

 

Fakultet bitiruvchilari oliy ta'lim muassasalari, turli tarmoqdagi ilmiy tekshirish institutlari va ЎzRFA institutlarida, tibbiyot va qishloq xo’jaligi muassasalarida, tabiatni qўriqlash korxonalarida, akademik litseylar, kasbga oid kollej va maktablarda ishlashlari mumkin.